eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda joriy qilingan ta’lim kredit tizimi to‘g‘risida ma’lumot berildi
    30.09.2021

    2021-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ta’lim kredit tizimi joriy qilinishi bo‘yicha oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakili F. Alisherov tomonidan mazkur oliy ta’lim dargohida ta’lim kredit tizimi joriy qilinishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Mazkur ma’ruza bo'yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.