Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda tibbiyot xodimlarining AKT sohasida malakasi oshirilmoqda
    13.10.2021

    “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, tibbiyot sohasini raqamlashtirish va davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra,  har bir oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinika hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida elektron tizim bilan ishlaydigan bir nafardan IT operator – hamshira lavozimi kiritilgan.

    Shuningdek, IT operator — hamshiralar hamda boshqa sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida ularni tuman (shahar) IT markazlarida bepul o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish vazifalari qo‘yildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatining hududilarida faoliyat yuritayotgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida sog‘liqni saqlash sohasi hodimlarini axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

    Ushbu o‘quv kurslarining dastlabki bosiqichida 113 nafar IT operator – hamshiralar, 700  nafardan ortiq oilaviy shifokorlar, 130 nafar tibbiy ro‘yxatchi xodimlar jami 1000 nafarga yaqin tibbiyot xodimlari o‘qitilishi rejalashtirilgan.

    Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarini egallashlari kelgusida tibbiyot sohasini raqamlashtirish ishlarini samarali amalga oshirilishiga zamin yaratadi.

     

    Manba: Axborot xizmati