Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Alskom” sug‘urta kompaniyasi faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berildi
    07.10.2021

    2021-yil 7-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Alskom” sug‘urta kompaniyasi faoliyati bo‘yicha oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Alskom” sug‘urta kompaniyasi faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berildi.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti faoliyati tog‘risida taqdimot tayyorlanib, uni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.

    “Alskom” sug‘urta kompaniyasi faoliyati tog‘risida taqdimotni esa quyidagi havola orqali yuklash mumkin.