Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Pochta va kuryerlik aloqa xizmatlarida qanday o‘zgarishlar kutilyapti?
    12.10.2021

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

    Mazkur qonun loyihasi respublikadagi pochta aloqasi xizmatlari bozorining rivojlanish darajasi va jahon pochta aloqasi xizmatlari bozori rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

    “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ushbu sohadagi munosabatlarning barcha jabhalarini belgilab beruvchi bazaviy qonun hisoblanadi. Lekin bugungi kunga kelib, u pochta aloqasi sohasini huquqiy tartibga solish zamonaviy tendensiyalarga javob bera olmaydi.

    Xususan, qonunchilik amaliyotiga muvofiq pochta aloqasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanmagan. Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan litsenziyalash orqali tartibga solinishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, bugungi kungacha mazkur faoliyatni litsenziyalash tartibi joriy etilmagan.

    Taklif etilayotgan qonun loyihasida esa amaldagi “Pochta aloqasi to'g‘risida”gi qonunni pochta aloqasi to'g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalar me’yorlariga muvofiqlashtirish, pochta aloqasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va pochta aloqasi turlarini belgilash nazarda tutilmoqda.

    Qonun loyihasining qabul qilinishi pochta aloqasini rivojlantirish yo‘nalishida huquqiy va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida sifatli umumfoydalanishdagi pochta aloqasi va kuryerlik aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish imkonini beradi.

    Xalq vakillari sohaning qonunchilik bazasini tartibga solishning ahamiyatini inobatga olgan holda, mazkur qonun loyihasini qabul qildilar.