Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yagona portalda elektron xizmatlar soni yana bittaga ko‘paydi
    12.10.2021

    Yagona portalda “Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish xizmati” ishga tushirildi.

    Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga ko‘ra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta so‘rovnomaga asosan kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi reyestrdan ko‘chirma bir vaqtda berilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Ushbu xizmat Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 5-bandiga asosan yo‘lga qo‘yildi.

    Manba: Axborot xizmati