Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida pochta sohasida samarali ishlar olib borilmoqda
    05.10.2021

    Bugungi kunda Navoiy viloyatida pochta sohasi bo‘yicha daromadlar manbaini ko‘tarish, pochta tizimini tubdan o‘zgartirish va pochta rivojlanishi indeksi global reytingini oshirish borasida bir qancha amaliy ishlar qilinmoqda.

    “O‘zbekiston pochtasi”AJ Navoiy filiali tizimidagi barcha pochta aloqa bog‘lamalarida Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Navoiy tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasining 12 ta, Zarafshon tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasining 10 ta, Beshrobod tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasining 12 ta, Nurota pochta aloqa bog‘lamasining 13 ta, Qiziltepa pochta aloqa bog‘lamasining10 ta hamda Yangirobod pochta aloqa bog‘lamasining 10 ta aloqa bo‘limlarida 33 turdagi Davlat xizmatlari va 2 turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

    Shuningdek, pochta aloqasi obyektlarida “Avval” to‘lov tizimi orqali 20 ta davlat organlarining 72 turdagi to‘lovlarini qabul qilish ishlari amalga oshirilib aholiga qulayliklar yaratilib kelinmoqda.

    Manba: Axborot xizmati