Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida “Keksalar haftaligi” doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi
    05.10.2021

    Joriy yilning 5-oktabr kuni Buxoro viloyatida “Keksalar haftaligi” doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan aloqa sohasida ko‘p yillik samarali mehnat qilgan soha faxriylari hamda tuman nuroniylari uchun tadbir tashkillashtirildi.

    Ta’kidlash lozim, yurtimizda keksa avlod vakillarini ijtimoiy–iqtisodiy muhofaza qilish, ularga e’tibor hamda g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, shu qatorda, ularning boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

    Mazkur qaror ijrosi yuzasidan mamlakatimizning barcha hududlarida  ana shunday tadbirlar o‘tkazilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati