Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Texnologiyalar haqida nimalarni bilasiz yoxud siz bilmagan faktlar
    05.10.2021

    Texnologiya olami har doim rivojlanib, takomillashib boradi va biz orzu qilgan kelajak tomon insoniyatni yaqinlashtiradi.

    - “Firefox” logotipidagi jonzot aslida tulki emas

    Ko‘pchilik bu borada noto‘g‘ri tushunchaga ega. Bunga sabab brauzerning nomi bo‘lsa kerak (ingliz tilida «fox» so‘zi «tulki» ma’nosini beradi). Aslida, bu mashhur yoqimtoy va yungdor jonzot — qizil panda.

    - “Apple”ning ilk logotipi qanday bo‘lgani xayolingizga ham kelmaydi

    Kompaniyaning original logotipida Isaak Nyutonning daraxt tagida o‘tirgani tasviri tushirilgan. O‘sha mashhur olma olimning boshiga tushay-tushay deb turgani ko‘rsatilgan. Bu logotip 1976-yilda yaratilgan va chetiga «Nyuton g‘alati farazlar ummonida har doim yolg‘iz suzib yuruvchi shaxs» deb yozib qo‘yilgan. “Apple” bir paytlar shunday logotipga ega ekanini tasavvur qilish qiyin.

    -“Robot” so‘zi qora o‘tmishga ega

    “Robot” so‘zining etimologiyasiga e’tibor bersangiz, jumla chex tilidagi “robota” so‘zidan olinganini ko‘rasiz. Bu esa “majburiy mehnat” deb tarjima qilinadi. Robot so‘zi birinchi marta 1920-yilda yaratilgan sahna asarida gumanoid obrazini ta’riflash uchun ishlatilgan.

    -  Ilk vidoemagnitofon pianino kattaligida bo‘lgan

    1956-yilda chiqarilgan birinchi magnitofon pianino hajmida  bo‘lgan.

    - “Samsung” kompaniyasi  “Apple”dan 38 yil-u 1 oyga katta

    “Samsung”ga oziq-ovqat do‘koni sifatida 1938-yil 1-mart sanasida Li Byon Chxol tomonidan asos solingan. Apple asoschilari Stiv Jobs va Stiv Voznyaklar esa Apple Computers Inc. ni 1976-yil 1-aprelda yaratgan.

    -Petabayt juda katta sig‘im hisoblanadi

    1GB-1024 megabayt ekanligini hammamiz bilamiz. 1 petabayt-chi? 1PB-1024 terabayt (TB) ga teng. 1PB hajmli qattiq diskka 13.3 yil davomida efirga uzatilgan HD telekanal efiri sig‘adi. 50PB qattiq diskka esa insoniyat yaralganidan beri yozib qoldirgan har qanday, har qaysi tildagi qo‘lyozmalar sig‘adi.

    - Megabaytlar “vazni” yuzlab kilogramm bo‘lgan

    Aniqroq qilib aytsak, 5 megabaytlik qattiq disk naq bir tonna tosh bosgan. 1956-yilda ilk kompyuterda qattiq diskka o‘xshash komponent bo‘lgan. O‘sha davrlarda 5MB xotira sig‘imi borasidagi katta o‘sish bo‘lgan.

    - 50 million auditoriyaga ega bo‘lish uchun radioga 38 yil kerak bo‘lgan

    Radioning yaratilishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan deb o‘ylarsiz, biroq uning tinglovchilari soni 50 millionga yetishi uchun 38 yil kerak bo‘lgan. Qiyos uchun, iPod ushbu ko‘rsatkichga atigi 3 yilda erishgan.

    - Birinchi kamera ekspozitsiyasi uchun ancha ko‘p vaqt talab qilingan.

    Insoniyat tarixidagi birinchi surat 1826-yilda olingan va uning ekspozitsiyasi uchun naq 8 soat vaqt sarflangan. O‘sha kamerani yaratgan Lui Dager keyinchalik, ya’ni 1839-yilda ekspozitsiya vaqtini keskin kamaytirishga erishgan va shundan so‘ng rasm olish uchun atigi 15 daqiqa kerak bo‘lgan.

    - Kredit karta chiplari juda uzoq vaqtdan beri mavjud.

    Ko‘pchilik kredit karta chiplari yaqinda paydo bo‘lgan, deb o‘ylaydi. Biroq ushbu texnologiya 1986- yilda ilk marta Fransiyada, oradan ko‘p o‘tmay esa Germaniyada foydalanilgan.

    - Matnni nimadan o‘qiyotganingizga qarab, o‘qish tezligingiz sekin yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Kompyuterdan matn o‘qiyotganingizda nafaqat ko‘zingizni kamroq ochib-yumasiz, balkim sekinroq ham o‘qiysiz. O‘rta hisobda, odamlar kompyuter monitoridagi matnni qog‘ozdagi matndan 10% sekinroq o‘qiydi. Ko‘zni ochib-yumishga kelsak, normal holatda har birimiz ko‘zimizni daqiqasiga 20 marta ochib-yumamiz. Ammo ekran qarshisida bu raqam 7 taga tushib qoladi.

    - Ilk kompyuter sichqonchasi plastikdan yasalmagan.

    1964-yilda Doug Engelbert ilk kompyuter sichqonchasini yaratgan. Bu qurilma plastikdan emas, balki yog‘ochdan yasalgan. Sichqonchaning shakli to‘rtburchak edi va u tepa tomondan o‘ngda bitta tugmaga ega bo‘lgan. Engelbert o‘zining ixtirosini «sichqoncha» deb atashiga sabab unga ulangan simning xuddi kemiruvchilar dumini eslatgani bo‘lgan.

    - Ilk budilnik faqat bittagina belgilangan vaqtda jiringlardi.

    Levi Xatchins tomonidan 1787-yilda yaratilgan ilk budilnik soat faqat tonggi soat 4 da jiringlay olardi.1876-yilga kelibgina milini haraktlantirsa bo‘ladigan budilnik yaratilgan va shundan so‘ng budilnikni istalgan vaqtga sozlab qo‘yish imkoni paydo bo‘lgan.

    - 30-noyabr Kompyuter xavfsizligi kuni sifatida nishonlanadi.

    Bu sanani bayram sifatida nishonlash 1988-yilda, kiberxavfsizlik borasidagi ogohlikni oshirish maqsadida amalga oshirilgan.

    -iTunes juda g‘alati foydalanish shartlariga ega. iTunes'dan foydalanayotgan bo‘lsangiz, demak, siz yadro qurollaridan foydalanmaslikka rozilik bergan ekansiz. Striming xizmatining Foydalanish shartlarida: “Siz, shuningdek, ushbu mahsulotlardan ... yadro qurollar, raketa yoki kimyoviy, yoxud biologik qurollarni tayyorlashda, loyihalashda yoki ularni ishlab chiqarishda foydalanmaslikka rozilik berasiz”, degan jumla bor.

    -  Yahoo'ning dastlabki nomi juda uzun bo‘lgan. Yahoo qidiruv tizimining dastlabki URLi akebono.stanford.edu bo‘lgan. “Yahoo” so‘zi esa “Gulliverning sayohatlari” asaridagi to‘qima irq vakillarini bildiruvchi atama hisoblanadi.

    - Amazon'ning ham haqiqiy nomi Amazon bo‘lmagan! Kompaniya avvaliga Cadabra.com deb atalgan. Cadabra faqatgina onlayn kitoblar sotuvchi do‘kon bo‘lgan xolos. Kompaniya rahbari Jeff Bezos 90-yillarda Cadabra uchun yangi nom qidira boshlagan. 1994 yilga kelibgina kompaniya hozirgi Amazon nomiga ega bo‘lgan.

    - Ko‘pchilik Google'dan imloni tekshirish uchun foydalanadi. Foydalanuvchilarning 97% i so‘zlarning to‘g‘ri imlosini bilish uchun ularni Google'ga yozib ko‘radi.

    - Har oy Googlega milliardlab so‘rovlar beriladi. Google qidiruv tizimi oyiga 35 milliard so‘rovlarga javob qaytaradi.

    - Texnologiya bolalar ismiga ta’sir qilyapti. 2012-yilda kamida oltita yangi tug‘ilgan chaqaloq qizga Apple, 49 ta o‘g‘il bolaga Mac va 17 ta qiz bolaga Siri ismlari qo‘yilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati