Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtirilmoqda
    05.10.2021

    Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

    Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz)dan ro‘yxatdan o‘tadi.  Shuningdek, ariza beruvchilar mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi.

    So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

    • ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda – ishonchnoma nusxasi;

    • ariza beruvchi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda –vorislik haqidagi guvohnoma nusxasi, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa – uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

    • so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

    • chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.

    Xizmat ko‘rsatish muddati — 22 ish kunni tashkil etib, to‘lov - BHMning 0,5 barobaridan 1 barobarigacha (so‘rov hajmi va mazmunidan kelib chiqib) miqdorida yig‘im undiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati