Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyatida “Aloqabank” AT tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
    04.10.2021

    Navoiy viloyatida axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar xodimlari uchun “Aloqabank” AT mutaxassislari tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan seminar  o‘tkazildi.

    Seminarda soha korxonalari rahbarlari va ishchi xodimlari qatnashdi. Shuningdek, “Aloqabank” AT tomonidan bugungi kunda mijozlarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida, jumladan, onlayn bank xizmatlari va ulardan samarali foydalanish yo‘llari haqida batafsil tushuncha va ma’lumotlar berildi.

    Shu bilan birga, aloqa sohasida o‘z faoliyatini olib borayotgan xodimlarga bank tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar va omonat turlari haqida to‘xtalib o‘tildi. 

    Manba: Axborot xizmati