Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Narpay tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
    30.09.2021

    Samarqand viloyati Narpay tumanida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan  sayyor qabul o‘tkazildi.

    Ushbu sayyor qabulda aholi vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

    Hududiy boshqarma tomonidan murojaatlarda keltirilgan muammolarni bartaraf etish uchun sayyor qabulda ishtirok etgan tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi va muammolarni tezlikda bartaraf etishga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlab o ‘tildi. 

    Manba: Axborot xizmati