Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlar taqdirlandi
    30.09.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi  Farmonni imzoladi. 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi Karimova Uguljon Salayevna -“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi Jalalov Azamat Axrarovich – “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.

    Ularni ushbu yuksak mukofot bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi tabriklaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati