eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri TATU Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishdi
    28.09.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov xizmat safari doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

    Tashrif davomida so‘ngi vaqtlarda ta’lim sohasidagi islohotlar, filialdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Tadbirda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, filialning keyingi 5 yillik rejalari bo‘yicha yaqindan tanishildi.

    Shu bilan birga, filial hamda Akademik litseyning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilayotgan yangi loyihalar taqdimot qilindi.

    Manba: Axborot xizmati