Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida bojxona sohasida amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha hisobot berildi
    28.09.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

    Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari O. Pekos qatnashdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-son Farmoniga muvofiq Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishi belgilandi.

    Mazkur uchrashuvda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan raqamlashtirish bo‘yicha loyihalarning amalga oshirilish holati hamda ularni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha hisobot berildi.

    Uchrashuvda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi tizimida joriy etilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan tanishib chiqilib, ularning samaradorligini oshirish va kelgusida bajariladigan vazifalar muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati