Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasida turkiy davlatlar forumi bo‘lib o‘tmoqda
    28.09.2021

    Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi a’zolari delegatsiyalari ishtirokidagi forum o‘tmoqda.

    Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

    Forum doirasida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, raqamli transformatsiya, yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qilish mavzusida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktorining o‘rinbosari A. Xudayev ma’ruza qildi.

    Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkiya va Vengriya delegatsiyalari vakillarining ham taqdimotlari o‘tkazildi.

    Shuningdek ishtirokchilar “Astana Hub” IT-startaplar xalqaro texnoparki faoliyati bilan tanishdilar.

    Manba: Axborot xizmati