Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga rasmiylashtirishni Yagona portal orqali amalga oshirish mumkin
    27.09.2021

    Bugungi kunda elektron ko‘rinishdagi davlat xizmatlari aholi orasida ommalashib bormoqda. Shuningdek,  “Elektron bog‘cha” tizimi  foydalanuvchilari ham ko‘p. Ya’ni bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga agona portal (YIDXP) yoki DXM orqali rasmiylashtirish mumkin.

    Ta’kidlash lozim, 2018-yil 1-apreldan e’tiboran bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va navbatga ko‘yish YIDXP my.gov.uz va davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

    Xizmatga o‘tish uchun:

    Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish: https://my.gov.uz/uz/service/view/285

    Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish:  https://my.gov.uz/uz/service/view/265

    Manba: Axborot xizmati