eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Internet haqida qiziqarli faktlar
    27.09.2021

    Bugungi kunda global tarmoq hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda.Internet bizning hayotimizni deyarli qamrab oldi , hattoki hozir siz maqolani o‘qib turgan vaqtingizda ham sizdan tashqari bir necha yuz million kishi internetdan foydalanmoqda. Har soniyada undan turli ma’lumotlar qidiramiz, internet  kitoblar o‘rnini allaqachon egallay oldi.  

    Quyida internet haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin:

    - Global to‘rda eng ko‘p foydalaniladigan til – ingliz tili. Barcha veb-saytlarning 50 foizi, ma’lumotlarni ingliz tilida taqdim etadi. Ingliz tilidan keyingi o‘rinda rus tili turadi.    

    - Dunyodagi birinchi “smaylik” 1982-yilda amerikalik informatik Skott Falman tomonidan o‘ylab topilgan. U do‘sti bilan yozishayotgan vaqtda ilk bora “smaylik” yuborgan.

    - Yer yuzining eng yuqori nuqtasi – Everest cho‘qqisida, yuqori tezlikka ega internet mavjud.

    - Texnik qurilmalar o‘rtasida o‘zaro yozishmalar uchun mo‘ljallangan dastlabki aloqa 1960-yilda kashf etilgan.

    - YouTube tarmog‘iga yuklangan barcha videoroliklarni umr davomida ko‘rib chiqishning iloji yo‘q.

    - Yer yuzidagi insonlar orasidan “Internet kalitini” saqlash uchun 7 kishi tanlab olingan. “Internet kaliti” – bu internetni qayta ishga tushirish uchun mo‘ljallangan, maxsus shifr kiritilgan elektron kartalar.

    - Internet to‘rining 5 million terabaytining real massa og‘irligi, qum zarrasidan ham yengil hajmni tashkil etadi.

    - Xakkerlar tomonidan, har kuni 85 000 saytga hujum uyushtiriladi.

    - Ilk elektron xat 1971-yilda amerikalik dasturchi Rey Tomlinson tomonidan yuborilgan.

    - Dunyodagi eng birinchi veb-sayt hozirgi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda. Tekshirib kurishingiz mumkin: WWW (World Wide Web).

    - Yer yuzida har kuni 247 milliarddan ortiq elektron xatlar yuboriladi. Biroq ularning 90 foizini SPAM va virusli xatlar tashkil etadi.

    - Birinchi grafik brauzer “Mosaic“ 1993-yilda Illinoys universiteti mutaxassislari tomonidan chiqarilgan.

    - Dunyodagi birinchi onlayn veb-sayt http://info.cern.ch 1991-yil 6-avgustda yaratilgan. U 153 so‘zdan iborat bitta veb-sahifadan iborat bo‘lgan.

    - Internetga ulangan qurilmalar soni sayyoradagi odamlar sonidan ko‘proq.

    - Har soatda taxminan 4200 ta yangi domen nomlari indekslanadi.

    - Internet birinchi 50 million foydalananuvchisini 5 yilda to‘plagan. Televideniyega esa buning uchun 13 yil kerak bo‘lgan edi.

    - Internetda har daqiqada 70 ta yangi blog paydo bo‘ladi.

    -Dunyodagi eng katta internet-kafe Nyu-Yorkda joylashgan. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 800 kompyuter foydalanuvchilarga xizmat qiladi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati