Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligi mutaxassislari mintaqaviy seminarda ishtirok etmoqdalar
    24.09.2021

    Joriy yilning 23-24 sentabr kunlarАloqa sohasidagi mintaqaviy hamdoʼstlik (АSMH) tashkiloti koʼmagida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) tomonidan tashkil etilgan seminar-praktikum onlayn tarzda bo'lib o'tdi.

    Unda XEI radioaloqa Byurosi direktori - Mario Manevich, Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH mintaqasi boʼyicha mintaqaviy boʼlimi rahbariyati, XEIning yer usti va kosmik xizmatlari Departamentlari boshliqlari, Radiochastota spektri va sunʼiy yoʼldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish boʼyicha АSMH komissiyasi raislari va АSMHning RА-23/BRK-23ga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha Ishchi guruhi vakillari, Radio ilmiy-tadqiqot instituti (RF-RITI) mutaxassislari, shuningdek, АSMHga aʼzo davlatlar aloqa maʼmuriyatlari mutaxassislari ishtirok etyaptilar. Seminarda Oʼzbekiston Аloqa maʼmuriyatidan Vazirlikning Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo’limi, “EMMM” DUK va “UNICON.UZ” DUK mutaxassislari ishtiroki etishdi.

    Seminar doirasida yer usti radioaloqa tizimlarining RChSdan foydalanishi, yer usti va kosmik xizmatlarning chastotalardan birgalikda foydalanish prinsiplari, “Jeneva-84” rejasini optimallashtirish kabi dolzarb masalalarni koʼrib chiqildi.

    Seminar-praktikumda alohida eʼtibor 174-230 MHz va 470-862 MHz chastota polosalarida raqamli eshittirish stantsiyalarining muvofiqligi va muvofiqligini baholash, dasturiy taʼminot va kosmik xizmatlar uchun maʼlumotlar bazasi, dasturiy taʼminot va maʼlumotlar almashish koʼnikmalariga, BRK-19 qarorlariga muvofiq, 87,5-108 MHz chastota diapazonida yangi kanallarni qidirish, kosmik xizmatlar uchun dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazasi, rejasiz va rejalashtirilgan chastota diapazonida ishlaydigan sunʼiy yoʼldosh xizmatlari uchun Radioaloqa byurosi tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy maxsulotlarni takomillashtirishga qaratiladi.

    Taʼkidlash joizki, seminarda Vazirlikning Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo’limi boshligʼi D. Dusmatovning “Oʼzbekiston Respublikasida radiochastota spektridan foydalanishni boshqarishni tashkil etish” mavzusida maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

     

    Manba: Axborot xizmati