Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Google” haqida nimalarni bilamiz ?
    23.09.2021

    “Google” kompaniyasiga asos solinganiga 19 yil bo‘ldi. Texnologiyalar olamida bu anchagina keksa yosh hisoblanadi. Ushbu korporatsiya butun dunyoga innovatsion qidiruv tizimi yaratuvchisi sifatida  mashhurdir.

    -  Larri Peyj va Sergey Brin 1998-yilda “Google” firmasiga asos solishdi. Kompaniya o‘sha yili 4-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ammo 2006-yildan e'tiboran 27-sentabrda tashkil etilgan kunini nishonlaydi.

    -  Bugungi kunda “Google” kompaniyasida 72 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

    - “Google” raqamli va mobil reklama bozorida yetakchilik qiladi. Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, 2017-yili mobil reklamadan tushadigan daromad 50 mlrd dollardan ortadi. Bu “Google” kompaniyasining raqamli reklamadan ko‘radigan daromadining 67 foizidir.

    - “Google” klaviaturada harflarning ko‘p bosilib ketilishidan hosil bo‘ladigan domenlarga ega: Gooogle.com, Gogle.com, Googlr.com va boshqalarga ega. Google korporatsiyasiga shuningdek, 466453.com ham tegishlidir. Bu raqamlar telefon klaviaturasida “g o o g l e” harflaridir.

    - “Google” soni “gugol” so‘zidan olingan bo‘lib, 100 nolli raqamni anglatadi.

    - Har kuni “Google”ga birinchi marta beriladigan yangi so‘rovlar ulushi barcha so‘rovlarning kamida 16 foizini tashkil etadi.

    - Agar “Google” xodimi vafot etsa, uning oilasiga xodimning o‘n yillik ish haqining yarmiga teng to‘lov bir yo‘la to‘lanadi, farzandlariga esa ular 19 yoshga to‘lgunicha har oyda ming dollardan berib turiladi.

    - “Google” barcha mashhur (noyob) kitoblarni skanerlab chiqmoqchi. Bugungi kunda ularning soni 129 milliontani tashkil etadi.

    - “Google” reklamadan yiliga 20 milliard dollardan ortiq pul ishlab topadi. Bu CBS, NBC, ABC va Fox kabi eng yirik televizion kompaniyalarning praym-taym (eng yaxshi efir vaqti)dagi reklamadan olgan jami daromadlaridan ham ko‘p demakdir.

    - “Google” yiliga 2 trilliondan ortiq so‘rovlar ustida ishlaydi.

    - “Google”dagi ba’zi stajyorlar 90 ming dollardan ortiq maosh oladi.

    -  Har yili “Google”ga 2 millionta rezyume jo‘natiladi.

    - Birinchi Google kompyuter legodan yaratilgan.

    “Google” asoschilari haqida ma’lumot

    “Google” asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin hisoblanadi. Ular internetda ma'lumot topish yo'llari bilan chiqdilar va o'qishni tashlab, o'z fikrlarini tijoratlashtirishga qaror qildilar.

     Moskvada tug'ilgan Google asoschisi Sergey Brin - Merilend universiteti faxriy bitiruvchisi, Matematika va kompyuter fanlari bo'yicha bakalavr bo‘lib,  keyinchalik Stenford universitetida kompyuter fanlari nomzodi lavozimiga qabul qilindi. U kompyuter tadqiqotlari institutining doktorlik sinfidan chiqib ketdi va Googleni rivojlantirish uchun juda ko'p ishladi. Brin doktorlik ishlarini hali tugatmagan bo'lsa-da, doktorlik darajasiga ega bo'lgan odamlarni jalb qilishga moyildir.

     Larri Peyj Michigan shtatining Enn Arbor universitetini bitirgan. Kompyuter fanlari professori bo'lgan Larri Peyj 1979-yilda kompyuterdan foydalanishni boshladi. U Stenford universitetining kompyuter tadqiqotlari institutida vaqtinchalik doktorlik kursini oldi va uning do'sti Brin bilan Google ishlashi uchun ishladi.  

     

    Manba: Axborot xizmati