Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ilon Mask -kelajakni oldindan ko‘ra bilgan olim va yirik sarmoyachi
    20.09.2021

    Ilon Mask-o‘z harakatlari bilan milliarderlikka erishgan muhandis, kelajakni oldindan ko‘ra bilgan olim va sarmoyachi hisoblanadi.

    Ilm-fan, texnologiya va moliya sohalarida yuksak cho‘qqilarga erishgan Mask ikki yirik kompaniya – “Tesla Motors” korporatsiyasi va “SpaceX” xususiy kompaniyasining Bosh ijrochi direktoridir.

    U o‘z boyligining katta qismini 20 yildan ortiq muddat davomida avvalgi kompaniyalarini sotish yoki aksiyalarni savdoga qo‘yish bilan jamg‘argan.  

    Tesla

    “Tesla”ning 22% aksiyasiga egalik qiluvchi Ilon Mask kompaniyaning eng katta investoridir. U, shuningdek, kompaniya asochisi va Bosh ijrochi direktori hamdir.

    Bundan tashqari, Tesla o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum rejalarni amalga oshirsa, Maskka 2018-yilgi aksiyalar qiymati bo‘yicha 2.6 milliard dollar ulush ham beriladi. Vaholanki, ushbu to‘lov amalga oshirilishi kelgan paytda aksiyalar qiymati 56 milliard dollarga yetishi taxmin qilinadi. Kompaniya rahbari sifatida Mask hech qanday maosh olmaydi.

    SolarCity

    “SolarCity” quyosh panellari ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, unga Maskning xolavachchasi tomonidan asos solingan. Kompaniyani Tesla 2016-yil 2.6 milliardga sotib olgan. Xuddi shu davrdan boshlab, “SolarCity”ning biznesi qisqarib kelmoqda, chunki Mask kompaniya faoliyatining katta qismini Tesla mobillarning 3-modelini yaratishga yo‘naltirgan.

    SpaceX

    Ilon Mask “SpaceX” xususiy kompaniyasining 54% aksiyasiga egalik qiladi, taxminlarga ko‘ra, bu 33.3 milliard dollarga teng. AQSh hukumati NASA va Havo kuchlari vositasidagi shartnomalar orqali SpaceX bilan hamkorlik qilib, sun’iy yo‘ldoshlarni fazoga olib chiqadi. Ayni damda hukumat sohadagi yetakchi kompaniyalar, ayniqsa, Boeing va Lockheedlardan ko‘ra SpaceX bilan ko‘proq hamkorlik qilmoqda. Hukumat bilan bir qatorda, SpaceX xususiy kompaniyalar bilan ham shartnomalar imzolab, tijoriy parvozlarni amalga oshiradi. 

    “SpaceX” Xalqaro fazoviy stansiyaga o‘zining 100 dan ortiq missiyaga ega fazo kemasini chiqargan. Ayni damda kompaniya “Starlink” deb nomlanuvchi istiqbolli loyiha ustida ishlamoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad Yer sayyorasining barcha hududlarini sun’iy yo‘ldoshlar bilan qoplab, dunyo aholisini tezkor va ishonchli internet bilan ta’minlashdir. Ilon Mask koinotga “Space X” qurilmasida emas “Virgin Galactic” kompaniyasining kosmik qurilmasida uchishi ma’lum qilindi. Biroq qachon parvoz kuni aniq keltirilmagan. Qurilmadagi bitta joy 250 ming dollarga taklif qilingan

    Mol-mulklari

    Ilon Maskning ko‘chmas mulklarining umumiy qiymati haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Biroq Maskning Los-anjelesda bir necha uylari bo‘lib, ularga 55 million dollar sarflagan.

     

     

     

     

    Manba: Axborot xizmati