Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT sohasidagi buyuk shaxslardan biri - Bill Geyts haqidagi haqiqatlar
    15.09.2021

    1975-yilda Bill Geyts Microsoftga asos solib, bu butun dunyoga katta ta'sir ko'rsatdi. Geyts sayyoradagi eng boy va eng obro'li odamlardan biri bo'lib, xayriya ishlariga ehson qilish bo'yicha rekord o'rnatmoqda. U  amerikalik ishbilarmondir.  

    Kichikligidan Bill dasturlash ishtiyoqiga ega edi va ushbu sohada o'z mahoratini faol rivojlantirgan. Kompyuter fanlari kabinetida o'spirin kun va tunni o'tkazdi. 13 yoshida Geyts o'zining birinchi dasturini -"X 0" o'yinini yaratdi.

    1973-yilda Bill Geyts Garvard universitetiga o'qishga kirdi va u yerda ko'p yillar davomida Microsoft kompaniyasining bosh direktori bo'lib ishlagan sherigi Stiv Ballmer bilan uchrashdi. 2 yildan so'ng Geyts o’qishdan haydaldi va darhol dasturlarni yaratishga kirishib ketdi. Sakkizinchi sinfda u o'ninchi sinf o'quvchisi Pol Allen bilan uchrashdi. U bilan birga Bill mashhur kompaniyani yaratdi.

    1973-yilda Bill Geyts maktabni tamomlagan va 1600 ballik test imtixonlari sinovida 1590 balni qo’lga kiritgan. Yosh yigit o’z yutuqlaridan juda faxrlanardi. Hatto ilk tanishuv chog’ida ham ayrim hollarda yutuqlari haqida aytib o’tardi.

    Dastlabdan Bill yaxshi moddiy bazaga ega edi. Otasi Uilyam Genri Geyts muvaffaqiyatli yurist va onasi yuqori lavozimni egallagan ayol edi. Bill maktabning mini-kompyuterida dasturlash qobiliyatini rivojlantira oldi.

    Bill sinf o'quvchilarining qaysi biri darsga kelishini har doim bilishi uchun kompyuter sinfidagi darslar jadvalini tuzgan. Bundan tashqari, u kirish kodini o'zgartirdi, shuning uchun unga har doim sinfga kirish uchun sabab bor edi.

    "Aqlli yigit" Bill yoshligida xakerlik hujumlarini amalga oshirgan, tezlikni oshirganligi va yo'l belgilariga ahamiyat bermagani uchun ikki marta hibsga olingan.

    Bolaligida Bill ko'p kitoblar o'qidi, butun vaqtini yangi ma'lumotlarni o'rganishga bag'ishladi. Ota-onasi o'g'lining tashqi dunyodan uzilib qolishidan va o'z-o'zini tark etishidan qo'rqishgan, shuning uchun uni Sietl ko'li bo'yidagi maktabga o'qishga yuborishdi. U yerda bola nafaqat bilimlarni, balki do'stlarni ham orttirdi, ular orasida Pol Allen ham bor edi.

    Billning sinfdoshlari aytishicha, u yoshligida baxslashishni yaxshi ko'rar edi. Geyts va Allen o'z nuqtai nazarlarini shu qadar baland himoya qildilarki, ularning kompyuter laboratoriyasiga birga kelish taqiqlandi. Shunga qaramay, kelajakda ular birgalikda ishlashga muvaffaq bo'lishdi.

    15 yoshli Bill Geyts yo’l harakatini tartibga solish bo'yicha dastur yozdi va loyihadan 20.000 dollar daromad oldi.

     

    Qisqa faktlar:

    — Geytsni birinchi asos solgan kompaniyasi nomi – “Traf-O-Data”

    — Unga omad olib kelgan firma nomi dastlab Micro Soft(probel bilan) shaklida yozilar edi.

    — 13 yoshida Bill Geyts do'stlari bilan maktab kompyuterini buzishga erishishgan va maxfiy ma'lumotlarni ko'rishga muyassar bo'lishgan. Bu kichik xakerga jazo choralari ko'rilmagan, balki uni Sietl kompyuter markazi o'z dasturlarini tekshirish uchun ishga yo'llagan.

    — Billning ota-onasi o'g'lini kompyuterga bo'lgan munosabatini o'zgartirish maqsadida, hattoki o'g'lini kompyuterga yaqinlashishni taqiqlab qo'yishgacha borishdi, bu taqiqlov vaqtinchalik holat edi. Shu vaziyatlarda u tarixiy shaxslar haqidagi kitoblarni o'qir edi.

    — 1968-yil Leyksayd nomli kollejga birinchi kompyuter o'rnatiladi, Bill o'sha kollejda kun va tunni o'tkazib, o'qish reytingi tushib ketishiga sabab bo'ladi.

    — Garvarddagi o'qish uni zeriktirar edi va u asosan dasturlash yoki poker o'ynash bilan vaqtini o'tkazar edi.

    — Geyts universitetda darslarni o'zlashtirolmaganligi sababli 1974-yil kassallik varaqasi ochtiradi va keyinchalik Garvard universitetidan chetlatiladi, shunga qaramasdan Bill, keyinchalik bu universitetni tamomlashga erishadi. To'g'rirog'i universitet administrastiyasi unga diplomni hadya qiladi.

    — Garvart universiteti professorlariga Bill 30 yoshida millioner bo'lishini aytar edi, qarangki u 31 yoshida milliarder bo'lishga erishdi.

    — 1990-yil oxirlarida 90% ga yaqin shaxsiy kompyuterlar Microsoft firmasining dasturlari bilan ishlar edi.

    — 38 yoshida Geyts, oyiga millionga yaqin Windows nusxalari sotishga erishadi.

    — Bill umumiy hisoblaganda 30 milliardga yaqin pullarini hayriya ishlariga sarflagan.

    — Har sekundda bizning qahramon 250$ mablag' topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga 7,8$ milliard.

    — 2008 yil iyun oyiga qadar Bill Microsoft ning boshlig'i bo'lgan, lavozimidan ketgandan so'ng kompaniya direktorlar uyushmasining ijrochi bo'lmagan raisi lavozimida qolgan. Shuningdek Bill xayriya fondining raisi hisoblanadi.

    — Har yili Geyts 1 million dollarga yaqin mulk solig'i to'laydi.

    — Bill to'g'risida juda ko'plab kitoblar yozilgan, agar siz amazon.com sayti orqali gates so'zini kalit so'z sifatida tersangiz 130 mingdan ortiq asar topishingiz mumkin.

    — Bill "Kelajakka yo'l" nomli kitob yozganini ko'pchilik bilmasa kerak. U, bu kitobda axborot texnologiyalari rivojlanish davrida, jamiyatniig qarashlari ga o'z munosabatini bildiradi. Kitob nashrdan chiqqandan so'ng 7 hafta davomida dunyoning asosiy bestseller (eng ko'p sotiladigan) asarlari ro'yxatining 1-o'rinidan tushmagan.

    Manba: Axborot xizmati