Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 1-oktabrdan boshlab barcha hududlarda IT-texnikumlar faoliyat boshlaydi
    10.09.2021

    Bugun, 10-sentabr kuni IT sohasida kadrlar tayyorlash, shuningdek, Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Prezidentimizning qarori asosida bugungi kunda har bir hududda jami 100 ta ixtisoslashgan IT maktab faoliyatini boshladi. Kelgusi ikki yilda ular soni 205 taga yetkazilib, 30 mingdan ziyod o‘quvchilar raqamli texnologiyalarga chuqurlashgan holda o‘qitiladi.

    Davlatimiz rahbari joriy yil 1-oktabrdan boshlab barcha hududlarda 14 ta IT-texnikumlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Ushbu texnikumlarda dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 mingga yaqin o‘quvchi tahsil oladi.

    Hozirgi kunga qadar Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida 7 ta texnikum faoliyatini boshlashga tayyor.

    Viloyat hokimlariga 1-oktabrga qadar texnikumlarda pedagoglar tarkibi va moddiy ta’minot masalalarini hal qilib, ularni to‘liq ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berildi.

    O‘zA