Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (TATU-BDIRU) qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti abituriyentlarni “2 + 2” dasturi orqali pullik shartnoma asosida o‘qishga qabul qilmoqda.
Bakalavriat ta’lim dasturida axborot texnologiyalari dasturiy ta’minoti, dasturlashtiriladigan mobil tizimlar, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlari bor.
Bakalavr ta’lim dasturi bitiruvchilariga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti diplomlari topshiriladi.
Hujjatlarni qabul qilish kun davomida onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti veb-sayti orqali ushbu manziliga o‘tishingiz yoki hujjatlarni TATU-BDIRU qo‘shma fakultetining qabul komissiyasiga quyidagi ko‘rsatilgan manzil orqali online yuborishingiz mumkin: https://abitur.tuit.uz.
Telegram kanal: https://t.me/pksf2021
Manba: Axborot xizmati