eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Stiv Jobsning hayoti va faoliyati haqidagi faktlar
    14.09.2021

    Stiv Jobs – “Apple Computers” ning asoschisi. Uning rahbarligi ostida kompaniya dunyoga bir qator yangi texnologiyalarni, shu jumladan iPhone va iPad ni taqdim etdi.

    Bolalik yillari    

    Stiv Jobs 1955-yilda San-Fransisko shahrida dunyoga keldi. Stivning yoshligida otasi unga elektr asboblarini sochib, qaytadan yig‘ishni o‘rgatar edi. Bu qiziqish bolada o‘ziga va kuchiga ishonch hissini uyg‘otdi hamda elektronika bilan do‘stlashishiga turtki bo‘ldi. Stiv o‘tkir aql zakovat egasi bo‘lishiga qaramasdan maktabda ta’lim olishga qiynalgan. Kichik sinflarda u to‘polonchi shumtaka bola bo‘lgan, o‘qishni istamagan. Tajribali muallimning qo‘llagan usuli orqali Stiv rosmana o‘qishga kirishdi. Ya’ni o‘qituvchi Stivning har bir bajargan vazifasi uchun baho qo‘yishdan tashqari pul bilan rag‘batlantirib ham turgan. Bir necha yillardan keyin Stiv yuqori maktabga o‘qishga kirib, u yerda o‘zining bo‘lajak hamkasbi Stiv Voznyak bilan tanishdi.

    “Apple Computers”    

    Maktabni tugatgandan keyin Jobs kollejga qabul qilindi. Biroq o‘ziga tegishli birorta sohani topolmay yarim yildan keyin o‘qishni tashlab ketdi. 1974-yilda Stiv “Atari” kompaniyasiga o‘yinlarning grafik dizayneri sifatida joylashdi. Bir necha oydan so‘ng bu ishini ham tashlab, Hindistonga ko‘ngil ma’rifatini va ruhiy xotirjamlikni izlab jo‘nab ketadi. 1976-yilda 21 yoshlik Jobs Stiv Voznyak bilan birgalikda “Apple Computers” kompaniyasiga asos soladi. Ikkovlashib ular kompyuter industriyasida inqilob yasadilar. Iste’molchilar uchun mashinalarni kichikroq, arzonroq, tushunarliroq va hammabop qildilar. 1980-yilda “Apple Compyuters” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi va savdoning birinchi kunidanoq uning narxi 1,2 mld dollarga yetdi.  

    U ogir xastalik bilan kurashdi   

    2003-yilda Jobsda neyroendokrin o‘simta – oshqozon osti bezining saraton kasalligi aniqlandi.  Jarrohlik yo‘li bilan davolashning o‘rniga Stiv kasallikni yengishning boshqa yo‘llarini qidirdi: parhez va sharq tibbiyot usullarini qo‘lladi. Biroq 2004-yilga kelib o‘simta jarrohlik yo‘li bilan olib tashlandi. 

    Shaxsiy hayoti

    Stiv Jobs shaxsiy hayotini yoritishni yoqtirmas edi. Oilaviy hayoti haqida ma’lumotlar ko’p emas. Shunisi ma’lumki, Stiv 23 yoshligida sevgilisi Krisann Brennan qiz farzandli bo’ladi. 1991-yilda Jobs Lorel Pauell ismli qizga uylanadi va oilaviy hayot davomida uchta farzandli bo‘ladilar.

    Hayotining oxirgi yillari

    2011-yilda  “Apple Inc” asoschisi uzoq davom etgan saraton kasalligi oqibatida,56 yoshida o’z uyida yaqinlari atrofida hayotdan ko’z yumdi.

    Manba: Axborot xizmati