Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyati Olot tumanida informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
    07.09.2021

    O‘quvchilarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash asoslarining chuqur o‘rgatilishini tashkil etish maqsadida, Buxoro viloyati Olot tumanidagi 1-son umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi, Buxoro viloyat hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi viloyat boshqarmasi hamda biriktirilgan homiy korxona va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

    Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. AT “Aloqabank”  Buxoro filialining homiylik mablag‘lari hisobidan xonalar zamonaviy ta’mirlanib, so‘nggi rusumdagi kompyuter texnikalari, interaktiv sensorli doskalar, 3D printer va arduino qurilmalari bilan ta’minlandi.

    Ilm maskanida bu kabi imkoniyatlar o‘quvchilarning “Bir million dasturchi” yirik loyihasida ishtirok etib, dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

    Manba: Axborot xizmati