Jizzax viloyati Forish tumani IT markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori asosida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining besh muhim tashabbuslari ijrosining uchinchi yo’nalishi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida “Tez yoz” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov tumandagi barcha aholi va yoshlar o’rtasida tashkil etilib, unda 60 dan ortiq ishtirokchi qatnashish istagini bildirgan. Tanlov davomida g‘oliblar aniqlanib, ularga diplom va qimmatbaho sovg‘alar berildi.
Manba: Axborot xizmati