Jizzax viloyati Zomin tumanida Prezidentimizning “Besh muhim tashabbus”ning 3-yo'nalishi doirasida yoshlar festivali bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax hududiy boshqarmasi, IT Park Jizzax filiali hamda Jizzax shahridagi 8-son Informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab ishtirok etdi.
Festival doirasida o'quvchilar tomonidan robototexnika hamda IT texnologiyalari bo'yicha ko'rgazma o‘tazildi, dasturlash bo‘yicha amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi.
Manba: Axborot xizmati