Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshent axborot texnologiyalari universiteti huzurida faoliyat yurutuvchi hamda oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta-maxsus professional ta’lim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan IT-texnikumlar uchun barcha viloyatlar shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021-2022 o‘quv yili uchun arizalar topshirish davom etmoqda.
Unda kompyuter injiniring, dasturiy injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya texnologiyalari, pochta aloqa texnologiyasi kabi yo‘nalishlarda o‘qishingiz mumkin.
IT-Texnikumlarga qabul jarayoni joriy yilning 10-sentabiriga qadar davom etadi.
Quyidagi veb sayt orqali ariza topshirishingiz mumkin: texnikum.edu.uz
Batafsil ma’lumot uchun: @it_texnikumbot