Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU talabalari uchun Koreyalik mutaxassislar tomonidan onlayn darslar o‘tilmoqda
    11.08.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son Qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida onlayn darslar tashkil etilmoqda.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida  Janubiy Koreyaning KAIST universiteti magistrantlari tomonidan Photoshop va grafik dizayn bo‘yicha, Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) mutahassislari ishtirokida esa Pythonda dasturlash hamda Sun’iy intellektga oid mavzular bo‘yicha trening kurslari o‘tkazilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati