Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xoʻjayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun dasturlash bo'yicha “IT-kurslar” o'z yakuniga yetdi
    17.08.2021

    IT Park va “Meros” xayriya jamg'armasi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumanidagi “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun dasturlash bo'yicha “IT-kurslar” o'z yakuniga yetdi.

    Shu munosabat bilan tashkil qilingan tadbirda “Meros” xayriya jamg'armasi bo'limi, IT Park, Xoʻjayli tumani hokimligi,  Yoshlar ishlari agentligi Xo'jayli tumani bo'limi  hamda Mehribonlik uyi jamoasi ishtirok etishdi.

    Loyihada qatnashgan barcha o'quvchilarga sertifikatlar, qimmatbaho sovg’alar va  kompyuterlar topshirildi. Shu bilan birga, bárcha loyiha ishtrokchilari Respublikamizdagi “IT-Markaz” larda bepul o'qish imkoniyatiga ega.