Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati olis hududlari mobil aloqa tarmog‘i bilan ta’minlanmoqda
    10.09.2021

    Surxondaryo viloyatida mobil aloqa qamrovini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida joriy yilda 54 ta yangi baza stansiyalar o‘rnatildi hamda 467 ta mavjud baza stansiyalar modernizatsiya qilinib, viloyatdagi aholi maskanlari mobil aloqa bilan 98 foizga hamda mobil internet qamrovi 80 foizga yetkazildi.

    2020-2021-yillar davomida viloyatning aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan aholi maskanlari jumladan, Boysun tumani, Oltinsoy tumani, Sariosiyo tumani, Uzun tumani aholi maskanlarida mobil aloqa va internet qamrovi tashkil etilib, aholining internet xizmatlariga bo‘lgan talabi qondirildi.

    Bugungi kunda viloyatdagi mobil aloqa baza stansiyalarining umumiy soni 2 029 tani va mobil abonentlar soni 1,5 mln. nafarni tashkil etmoqda.

    Viloyatda aholi yashash maskanlari raqamli televideniye signallari bilan 100 foiz qamrab olingan.

    Manba: Axborot xizmati