Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron davlat xizmatlarining rivojlantirilayotganligi e'tirof etildi
    09.09.2021

    Davlat xizmatlari agentligi tomonidan “Toshkent International” mehmonxonasida "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ilg‘or natijalarga erishgan tashkilotlar taqdirlandi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi "Elektron davlat xizmatlarini rivojlantirishda fidoyi tashkilot" deb topildi. Maxsus diplomni AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos qabul qilib oldi.

    Manba: Axborot xizmati