Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Zarbdor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
    08.09.2021

    Jizzax viloyati Zarbdor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

    Sayyor qabulda Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, korxona, tashkilot va muassasalarning viloyatdagi tarkibiy bo‘linmalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdi hamda sayyor qabul ishtirokchilariga tumanda olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

    Shuningdek, aloqa va telekommunikatsiya, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar hajmi, sifati va narxi kabi masalalar yuzasidan  fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hal etilib, o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi va o‘rganib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

    Bundan tashqari soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlari viloyat bo‘linmalari tomonidan tuman aholisi uchun sayyor xizmatlar ko’rsatish tashkil qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati