Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida “UZDIGITAL TV” MChJga qarashli telekanallar soni ortmoqda
    08.09.2021

    Buxoro viloyatida “UZDIGITAL TV” MChJga qarashli  telekanallar soni 60 tadan oshdi.  Bugungi kunda viloyatda Raqamli televideniya xizmatlarini mijozlarga sifatli taqdim etib borish hamda qo‘shimcha dasturlarni qo‘shib borish maqsadida Buxoro radiotelevizion uzatish markazi hamda “UZDIGITAL TV” MChJ bilan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

    Jumladan, o’tgan davr mobaynida JBIC loyihasi asosida o‘rnatilgan analogli TV uzatkich raqamli DVB-T2 standartida ishlovchi uzatkichga modernizatsiya qilinib, “UZDIGITAL TV” MChJning “Miks T2” telekanallar paketi joriy yilning 2-sentabr kunidan efirga uzatilishi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda  yangi telekanallar paketi 30 sentabrga qadar ochiq tarzda bepul efirga uzatiladi.

    Manba: Axborot xizmati