Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyatida yangi IT-Inkubatsiya markazi ochildi
    29.07.2021

    Joriy yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida IT-Inkubatsiya markazini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    IT-Inkubatsiya markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi rahbar va xodimlari, O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, “SAMBHRAM IT” universiteti vakillari hamda IT Park mutaxassislari ishtirok etdi.

    Tadbir chog‘ida innovatsion loyihalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi - “WEBPROGRESS” dasturlashni o‘rganish uchun onlayn platformasi, “Innovatsion Maktab” o‘quvchilarga ma'lumotni saqlash va tezkor almashish uchun innovatsion platformasi va logistika xizmatlarini ishga tushirish uchun dasturiy ta’minot.

    Mazkur IT-Inkubatsiya markazida yosh startapchilarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati