Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida faol o‘qituvchilar taqdirlandi
    26.07.2021

    “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqali umumta’lim maktablari Informatika fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan tanlov o‘z yakuniga yetdi va tanlov natijasiga muvofiq TOP-100 ta o‘qituvchilar ro‘yxatiga kirgan Samarqand viloyatidan 6 nafar  o‘qituvchilar taqdirlandi.

    “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilarini taqdirlash “IT Park Samarqand filiali”da o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, “IT-PARK” ning Samarqand filiali xodimlari ishtirok etdi.

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan ushbu “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari  topshirildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati