Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU hamda KOICA tomonidan xalqaro trening tashkil etildi
    29.06.2021

    Koreya Respublikasining KOICA agentligi bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning barcha filiallari xodimlari uchun tashkil etilgan “Inson resurslarini rivojlantirish va salohiyatni oshirishga” bag`ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va Koreya Respublikasining KOICA agentligi direktori Sunjin Park xonim boshchiligidagi vakillar ishtirok etdilar.

    Ushbu axborot tizimi TАTU va uning Samarqand filiali uchun “Integratsiyalashgan universitet axborot tizimini tashkil etish va taqdim etish” grant loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, AKTdan foydalangan holda oliy ta’lim salohiyati va sifatini oshirishga qaratilgan.

    Loyiha nafaqat ta’lim va axborot tizimini yaratish balki tizim boshqaruvchilari va foydalanuvchilarining salohiyatini oshirishni ham o‘z ichiga olgan. Inson resurslarini rivojlantirish va salohiyatni oshirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar Dain Leaders kompaniyasi tomonidan tashkil etilib, Janubiy Koreyaning Seul raqamli universiteti, Koreya kiber universiteti va boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalarining yetuk professor va mutaxassislari 20 kun davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, mutaxassis va xodimlariga jahon tajribasi va Koreya amaliyotidan kelib chiqqan holda treninglar o‘tkazdilar.

    Treninglar infratuzilmani boshqarish LMS/SIS tizimlari bilan tanishish va ulardan foydalanish, muhandislik uchun umumiy o‘quv rejasini tuzish va rejalashtirish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va buning uchun innovatsion yechimlarni qo‘llash, o‘quv dasturlar va ta’lim kontentlarini shakllantirishda zamonaviy usullarni qo‘llash, raqamli universitet va elektron ta’lim tizimini boshqarish, elektron ta’lim tizimi media markazini boshqarish, elektron ta’lim platformalari uchun ta’lim kontentlarini shakllantirishning ilg‘or yechimlaridan foydalanish, oliy ta’lim tizimi uchun masofaviy ta’lim shaklini amalga oshirish bo‘yicha dunyo amaliyoti kabi mavzularda tashkil etildi.

     

    Manba: Axborot xizmati