Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida kibersport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
    29.06.2021

    Buxoro viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida otkazilayotgan yoshlar festivali doirasida kibersport bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

    Ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad kibersport sohasini viloyatda yanada ommalashtirishdan iborat bo‘lib, mazkur tadbirda 40 ga yaqin kibersport jamoalari musoboqada faol va yuqori qiziqish bilan ishtirok etdilar.

    Musobaqa natijalariga ko‘ra, “KARIK” jamoasi 1-o‘rinni, «JOKER» jamoasi 2-o‘rinni hamda «PLAY FOR FUN» jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

    Tanlov shartlariga asosan, g‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.