Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
    26.06.2021

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Shunday o‘quv markazlarning navbatdagisi Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi viloyatda tashkil etilgan o‘ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo filiali, “O‘zkomnazorat” hududiy inspeksiyasi, IT Park viloyat filiali, Sardoba tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari va yoshlari ishtirok etdi.

    Shuningdek, o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi doirasida yoshlar o‘rtasida FIFA yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.

     Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati