Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqandda ta’mirlangan pochta bog‘lamasida zamonaviy xizmatlar ko‘rsatiladi
    31.08.2021

    O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yiligi bayrami arafasida O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand shahar pochta bog‘lamasining binosi qayta ta'mirlanib ishga tushirildi.

    Samarqand shahar pochta binosini qayta ochilish tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, “O‘zkomnazorat” Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filialining rahbar va xodimlari hamda keng jamiyat vakillari qatnashdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan bundan uch oy oldin binoni kapital ta’mirlash rejasi asosida qayta ta’mirlash ishlari boshlandi.

    Samarqand shahar pochta bog‘lamasining binosining qayta ochilishi Samarqand aholisi va mehmonlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yiligi bayramiga munosib tuhfa bo‘lib, unda mojizlar va xodimlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Pochta jo‘natmalarini  mijozlarga o‘z vaqtida yetkazish uchun ikkita elektroskuter topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati