Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Zafarobod tumanida zamonaviy pochta binosi foydalanishga topshirildi
    30.08.2021

    Bugun yurtimizda barcha sohalar bilan bir qatorda pochta aloqasi sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Oxirgi yillarda respublikamiz pochta aloqasi xizmati milliy operatori hisoblangan “O‘zbekiston pochtasi” AJning faoliyatida yangi, zamonaviy usullardan foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish hamda raqamlashtirishni faollashtirishga bog‘liq samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida Jizzax viloyati Zafarobod tumanida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Jizzax filiali “Zafarobod” aloqa bo‘limi binosi zamonaviy uslubda ta’mirlanib foydalanishga topshirildi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Jizzax filiali, Zafarobod tumani hokimligi ma’sul rahbari hamda tuman aholisi ishtirok yetdi.

    Hozirgi kunda ushbu pochta aloqa bo‘limida jismoni va yuridik shaxslarga xat-xabarlar, davriy nashrlarni yetkazish, pul o‘tkazmalari, tovarlar sotuvi, “Avval” dasturidan foydalangan holda moliyaviy xizmatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanilgan holda 33 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

     

    Manba: Axborot xizmati