2021-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha “Uzinfocom davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJning rahbar va xodimlari ishtirokida oʼquv soati oʼtkazildi.
Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv soati doirasida “Uzinfocom davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJning faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berildi.
Mazkur ma’ruza bo'yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.