Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “UNICON.UZ” DUK ning yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
    27.08.2021

    Bugun, 27-avgust kuni “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

    Ta’kidlash lozimki, ushbu markaz sohani rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan siyosatni amalga oshirish, aloqa sohasi me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish, standartlashtirish, metrologiya, telekommunikatsiya tarmoqlarida ishlatiladigan asbob-uskunalarni sertifikatlashtirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelmoqda.

    Shuningdek, axborot-kommunikatsiyalar sohasida faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqish va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, telekommunikatsiya texnik vositalarini sertifikatsiyalash bo'yicha xizmatlarni amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini va sertifikatlarini berish bo‘yicha Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi xizmatlarini ko‘rsatish, maxsus maqsadli vositalarni ishlab chiqish va konstruksiyalash, elektron komponentlarni yig‘ish va o‘rnatish, dasturiy mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi atamalarning turli lug‘atlarini ishlab chiqish va taqdim etish xizmatlarini ko‘rsatadi.

    Bugungi kunda markazda 200 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xodimlarining 140 nafari oliy ma’lumotli, ularning 12 nafari fan nomzodlari va 1 nafari fan doktori hisoblanib, 28 ta mustaqil tadqiqotchilar ilmiy ishlar ustida faoliyat olib bormoqda.

    Markazda 2 ta ilmiy-tadqiqot departamentlari, 6 ta ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, shuningdek ishlab chiqarish departamenti hamda 6 ta sinov laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshchiligida hamda soha korxonalari bilan birgalikda 2017-2020 yillar davomida 32 ta mavzudagi ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi, 83 ta normativ hujjatlar, 102 ta rahbariy hujjatlar va davlat standartlari ishlab chiqilib, joriy etildi.

    Bugungi kunda davlatimiz siyosatining strategik maqsadi  bu - O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi bosqichiga, ya’ni raqamli hukumatga o‘tish va raqamli jamiyat, mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini ta’minlash, fuqarolarning turmush tarzini yaxshilash, insonlarning ehtiyojlari va erkin rivojlanishini qondirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, qadriyatlarga asoslangan rivojlanish modelini amalga oshirishdir.“UNICON.UZ” DUKda o‘tkazidayotgan tadqiqotlar yangi texnologiyalarning faol rivojlanishi va joriy etilishiga imkon yaratadi, bu esa Yangi O‘zbekistonni raqamli rivojlanishi uchun kerakli omillardan biridir.

     

    Manba: Axborot xizmati