Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Endilikda doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘irlatish uchun elektron tarzda so‘rov yuborish mumkin
    27.08.2021

    Elektron hukumatning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ichki ishlar vazirligi bilan xamkorlikda Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘irlatish uchun so‘rov yuborish xizmati ishga tushirildi.

    Ommaviy xatlov jarayonida noto‘g‘ri berilgan yoki xato kiritilgan ma’lumotlarga barham berish, masalaga to‘g‘ri yechim sifatida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tegishli xizmatning mobil ilovasi ham yaratildi.

    Endilikda siz my.gov.uz portaliga kirish yoki uning mobil ilovasini yuklab olish orqali tizimga joylashtirilgan yashash manzilingiz haqidagi ma’lumotlar qanchalik to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

    Manba: Axborot xizmati