Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Namangan viloyati Chust tumanida sayyor qabul o`tkazildi
    27.08.2021

    Namangan viloyati Chust tumanida UCELL kompaniyasi rahbariyati va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Namangan viloyat Hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

    Unda UCELL kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo’yicha shikoyat, taklif va murojaatlar ko‘rib chiqildi.   

    Sayyor qabulda UCELL kompaniyasi, Vazirlikning Namangan viloyati Hududiy boshqarmasi, “Uzkomnazorat” Namangan viloyat hududiy inspeksiyasi rahbarlari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida 30 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning  barchasi nazoratga olindi.

    Manba: Axborot xizmati