Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida yangi ta’mirlangan pochta binolari foydalanishga topshirildi
    26.08.2021

    Bugun barcha sohalar bilan bir qatorda pochta aloqasi sohasida ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Oxirgi yillarda respublikamiz pochta aloqasi xizmati milliy operatori hisoblangan “O‘zbekiston pochtasi” AJning faoliyatida yangi, zamonaviy usullardan foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish hamda raqamlashtirishni faollashtirishga bog‘liq samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan. Ushbu qarorda belgilangan loyihalar ijrosi doirasida, Sirdaryo viloyati  Guliston tumani, Mirzaobod tumani hamda Oqoltin tumanlarida pochta aloqa bo‘limlari tashkil etilib, ta’mirdan chiqarildi.

    Mazkur pochta aloqa bo‘limlari orqali aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun 33 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar qabul qilish imkoniyatlari mavjud.  

    Manba: Axborot xizmati