Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida zamonaviy pochta binolari foydalanishga topshirildi
    26.08.2021

    Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Gulbahor” hamda  “Qizilsharq” pochta aloqa bog‘lamasi binolari ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishdagi yangi binolar foydalanishga topshirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 14-dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4921-son qarori bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash hamda Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami munosabati bilan “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Toshkent filiali tomonidan ushbu binolarning ochilish marosimi o‘tkazildi.

    Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filiali, Yangiyo‘l tumani hokimligi ma’sul rahbari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.

    Hozirgi kunda ushbu pochta aloqasi bog‘lamalarida  xat-xabarlar, davriy nashrlarni yetkazish, pul o‘tkazmalari, tovarlar sotuvi, “Avval” dasturidan foydalangan holda moliyaviy xizmatlar va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanilgan holda 33 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

    Manba: Axborot xizmati