Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan AKT sohasi xodimlari taqdirlandi
    26.08.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand shahar pochta aloqasi bog‘lamasi pochtachisi Jabborov Kuvandik Yashuzokovich – “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining maslahatchisi Jalilov Raxmatali Kambarovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi muhandisi Ibragimov Kuatbay Turganbayevich,  Sirdaryo viloyati Guliston shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi muhandisi Soy Aleksandr Samsonovich  -  “Do‘stlik” ordeni bilan, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining ish yuritishni boshqarish va nazorat qilish xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Adilov Rustam Sakiyevich,  Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani telekommunikatsiya bog‘lamasi elektromontyori Azamova Gulchexra Djumayevna, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ziyayev G‘olibsher Meliboyevich – “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan, “Uzinfocom” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Gimranov Emil Ildarovich – “Kelajak bunyodkori” medali bilan, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki direksiyasi – IT Park” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Ibragimov Farxad Zairovich hamda  “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari Nasretdinova Nasiba Irkinovna- “Shuhrat” medali bilan  taqdirlandilar.   

    Ushbu yuksak mukofot bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi tabriklaydi.

     

    Manba: Axborot xizmati