Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan AKT sohasi xodimlari ham taqdirlandi
    25.08.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq  Toshkent axborot texnologiyalari universitetining telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi professori Isayev Rixsi - “Mexnat shuhrati” ordeni bilan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Xo‘jayev Otabek  - “Shuhrat” medali bilan  bilan taqdirlandilar.

    Ushbu yuksak mukofot bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi tabriklaydi.

    Manba: Axborot xizmati