Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “UZTELECOM data markazi: xalqaro standartlarga muvofiq ishonchlilik va xavfsizlik" mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
    24.08.2021

    Bugun, 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida“UZTELECOM data markazi: xalqaro standartlarga muvofiq ishonchlilik va xavfsizlik" mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

    Unda “O‘zbektelekom” AK bosh direktorining o‘rinbosari Alisher Zufarov va Kompaniyaning yangi tashkil etilgan “Telekom Data” filiali direktori Djasur Shorahmedov ishtirok etdi.

    UZTELECOM Data markazining bulutli xizmatlari, shuningdek ushbu markazning Uptime Institute tasnifi bo‘yicha “Tier III” xalqaro sertifikatni olganligi, endilikda  mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, ishonchlilik va xavfsiz xizmatlarning keng doirasini taqdim etilishi ta’kidlandi.

    Matbuot anjumani davomida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, axborotni qayta ishlash va saqlash uchun uskuna hamda server imkoniyatlarini oshirish  muhim omillardan biri hisoblanadi.  Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK Toshkentdagi bulutli ma’lumotlar markazini bir necha bor modernizatsiya qildi va quvvatini oshirdi, bugungi kunda o‘z mijozlariga eng zamonaviy bulutli xizmatlarni taklif qilmoqda.

    Data-markaz xavfsizlik bo‘yicha eng zamonaviy uskunalar va ishonchlilik tizimlari ya’ni axborot xavfsizligi tizimi, sanoat havoni tozalash tizimi, uzluksiz quvvat manbalari, elektr quvvatni taqsimlash tizimi, yoritish va videokuzatuv tizimi, yong‘inni o‘chirish tizimi, soat/sinxronizatsiya tizimi, infratuzilmani boshqarish tizimi bilan jihozlangan.

    Joriy yangilangan konfiguratsiyadagi data-markaz imkoniyatlari 36 dan ortiq telekommunikatsiya shkaflari, 200 ta bleyd-serverlar, 6,2 PB dan ortiq ma’lumotlarni saqlash tizimi, 100 Gbit/s tezlikda ma’lumotlarni uzatish tizimi, shuningdek transformator quyi stansiyalariga ega ikkita mustaqil kirish joylaridan iborat.

    Shu bilan birga, “O‘zbektelekom” AK ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish” loyihasi doirasida joriy yilda 70 ta telekommunikatsiya shkaflari, 194 ta bleyd-serverlar, 5 PB ma’lumotlarni saqlash tizimi va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash uchun qo‘shimcha dizel generatorlarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

    UZTELECOM data markazi bugungi kunda mijozlarga “VDC – Virtual Data Markazi”, “VDI - Virtual Desktop Infrastructure”, “Video-konferens-aloqa”, “Colocation”, “Web-hosting”, “Bulutli video kuzatuv” va boshqa turdagi bulutli servislar va xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etadi.

    Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK bulutli data markazi asosida Internet xizmatlarini taqdim etuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda server uskunalari va IT gigantlarining ko‘plab xizmatlari mahalliylashtirildi.

    Servislarning mahalliylashtirilishi tufayli O‘zbekistonning Internet foydalanuvchilari tezroq ma’lumot olishlari va ularni yuklashlari mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston hududida xalqaro Internet-kanalini sezilarli darajada yengillatish imkoniyati yaratildi. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlari uchun yanada arzonroq va tezkor tariflarni taqdim etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati